marketbase

Telegram va Instagram'da sotadiganlar uchun

Buyurtmalar DM'da yo'qolmasin.

Mijozlaringiz Telegram'dan chiqmasdan, ilova o'rnatmasdan buyurtma beradi. Siz esa har bir buyurtma, qoldiq va sof foydani bitta ekranda ko'rasiz.

Birinchi 10 ta do'konga o'rnatish bepul · katalogingizni o'zimiz yuklaymiz

Telegram ichidagi do'kon: banner, aksiya va mahsulotlar ro'yxati

Demo do'kon · haqiqiy interfeys

Tanish holatmi?

Sotuv o'sgan sari yozishmalarni boshqarib bo'lmay qoladi

Buyurtma yozishmalar orasida yo'qoladi

Kim nima so'ragani, kimga javob berilgani — hammasi xotirada turadi.

Bir xil savolga kuniga o'nlab marta javob berasiz

Narx, razmer, «bormi?» — mijoz o'zi ko'ra oladigan narsalar.

Tovar tugaganini oxirgi bo'lib bilasiz

Sotilib bo'lgan narsaga buyurtma qabul qilasiz, keyin uzr so'raysiz.

Qancha ishlaganingizni bilmaysiz

Tushum bor, lekin tannarxdan keyin nima qolgani noma'lum.

marketbase bularning hammasini bitta joyga yig'adi.

Qanday ishlaydi

Uch qadam — va do'koningiz Telegram'da

  1. Katalogingizni yuborasiz

    Excel, jadval yoki shunchaki rasm va narxlar ro'yxati. Mahsulotlarni o'zimiz yuklaymiz.

  2. Do'koningizni quramiz

    O'z botingiz, o'z rangingiz, o'z nomingiz. Sinov buyurtmasi bilan birga tekshiramiz.

  3. Mijozlar buyurtma beradi

    Havolani kanalingizga va Instagram profilingizga qo'yasiz. Har bir buyurtma darhol Telegram'ingizga keladi.

Birinchi haqiqiy buyurtmangizgacha 7 kun davomida birga ishlaymiz.

Mahsulot sahifasi: rasm, reyting, eski va yangi narx, razmer tanlash

Demo do'kon · haqiqiy interfeys

Mijozingiz uchun

Do'kon — Telegram'ning ichida

Hech narsa yuklab olish shart emas: mijoz botingizdagi tugmani bosadi va do'kon ochiladi.

  • Mahsulot sahifasi: rasmlar, razmer va rang, eski narx, sharhlar
  • Imlo xatosi bilan yozsa ham topadigan qidiruv
  • Aksiyalar, promo-kodlar va optom narxlar
  • «Faqat 2 ta qoldi» — qoldiq jonli ko'rinadi
  • Yetkazib berish yoki o'zi olib ketish
  • Buyurtma holati botga xabar bo'lib keladi
  • O'zbek va rus tillarida

Siz uchun

Buyurtmadan sof foydagacha — bitta panelda

Kompyuterdan ham, telefondan ham. Yangi buyurtma esa darhol Telegram'ingizga keladi.

Sof foyda kartasi: tushum, tannarx, foyda va marja
Sof foyda: tushum minus tannarx. Yetkazish haqi alohida, tannarxi kiritilmagan buyurtmalar ochiq ko'rsatiladi — raqam hech qachon oshirib ko'rsatilmaydi.
Buyurtmalar ro'yxati: kassa sotuvi va Telegram buyurtmasi
Buyurtmalar: Telegram buyurtmalari va do'kondagi (kassa) sotuvlar — bitta ro'yxatda.
01

Buyurtmalar

Sahifani yangilamasdan jonli keladi. Holati: yangi → tasdiqlandi → yo'lda → bajarildi.

02

Qoldiq

Sotilganda o'zi kamayadi, bekor qilinsa qaytadi. Kam qolganlar oldindan ko'rinadi.

03

Sof foyda

Tushum, tannarx va marja — so'nggi 30 kun bo'yicha.

04

Kassa

Do'konda sotganingizni ham yozasiz — onlayn va real qoldiq ajralib ketmaydi.

05

Kirim

Yetkazuvchidan tovar keldi: qoldiq oshadi, tannarx o'rtacha hisoblanadi, tarix saqlanadi.

06

Excel'dan import

Butun katalogni bitta fayl bilan yuklash yoki narxlarni ommaviy yangilash.

07

Aksiyalar

Foiz yoki summa, kategoriyaga yoki mahsulotga, promo-kod bilan yoki avtomatik.

08

Xabar yuborish

Hammaga, xarid qilganlarga yoki hali qilmaganlarga. Xato bo'lsa, 48 soat ichida o'chirish mumkin.

09

Tashlab ketilgan savat

Savatga solib, buyurtma bermagan mijozga eslatma — o'zingiz yoqsangiz.

10

Xodimlar va rollar

Har bir xodim faqat siz ruxsat bergan narsani ko'radi. Masalan, sotuvchiga sof foyda ko'rinmaydi.

11

«Bugun yopiq»

Dam olish kuni bitta tugma bilan buyurtma qabul qilishni to'xtatasiz.

12

AI yordamchiqo'shimcha

Botingizga «bugun qancha sotdik?» deb yozasiz — javob raqamlar bilan keladi.

Taklif

«Asoschi mijoz» — birinchi 10 ta do'kon uchun

Hozir birinchi do'konlar bilan birga ishlayapmiz. Ular uchun shartlar eng qulay — va shunday qoladi.

Asoschi mijoz
marketbase.uz · 10 ta joy

O'rnatishbepul
Katalogni yuklasho'zimiz
Birinchi oybepul
Oylik narxumrbod qotiriladi

Evaziga: haftasiga 10 daqiqa fikringiz va 30 kundan keyin qisqa sharh. Aniq narxni suhbatda aytaman — do'koningiz hajmiga qarab.

Joy band qilish

Xavfsizlik

Ma'lumotlaringiz — sizniki

Har bir do'kon alohida

Ma'lumotlar ikki qatlamda ajratilgan: bir do'kon boshqasining mahsulotini ham, mijozini ham ko'ra olmaydi.

Har 2 soatda zaxira nusxa

Shifrlangan nusxa tashqi bulutda saqlanadi. Tiklash amalda sinab ko'rilgan.

Tannarx faqat sizga ko'rinadi

Kelish narxingiz mijozning telefoniga hech qachon yuborilmaydi.

Ketsangiz — hammasi siz bilan

Bot sizniki. Mahsulot va mijozlar bazangizni eksport qilib beramiz.

Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Mijozlarim ilova o'rnatishi kerakmi?

Yo'q. Do'kon Telegram'ning ichida ochiladi — Telegram esa ularda allaqachon bor.

Instagram'dagi mijozlar ham buyurtma bera oladimi?

Ha. Profilingizga do'kon havolasini qo'yasiz — mijoz uni bosadi va Telegram'da buyurtma beradi.

Qancha vaqtda ishga tushadi?

Texnik qismi bir kunda tayyor bo'ladi. Ko'proq vaqt katalogga ketadi — uni o'zimiz yuklaymiz.

Xodimlarim hamma narsani ko'rib qoladimi?

Yo'q. Har bir xodimga rol berasiz va u faqat ruxsat etilgan bo'limlarni ko'radi.

Narxi qancha?

Birinchi 10 ta do'kon uchun o'rnatish va birinchi oy bepul, oylik narx esa umrbod qotiriladi. Aniq summani suhbatda aytaman.

Hozircha nimalar yo'q?

Ochig'ini aytaman: onlayn to'lov (Click, Payme) hozircha yo'q — to'lov naqd yoki yetkazib berishda. Do'kon Telegram ichida ishlaydi, alohida sayt hali yo'q. Boshqaruv paneli hozircha faqat o'zbek tilida.

Do'koningiz qanday ko'rinishini 10 daqiqada ko'rsataman.

Kanalingiz yoki Instagram havolasini yuboring — mahsulotlaringiz bilan demo tayyorlab beraman. Bepul.

Telegram'da yozish @raxmonovrx